Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva isteʼfoga çiqdi. Dilşod Saidjonov — AOKAning yangi rahbari

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva isteʼfoga çiqdi. Dilşod Saidjonov — AOKAning yangi rahbari

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)da 29 yanvar kuni administratsiya rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boşçiligida kengaytirilgan majlis bölib ötdi, deya xabar bermoqdaAOKA matbuot xizmati.

«Majlisda AOKA direktori vazifasini bajaruvçi Komil Allamjonov va direktor örinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettiriş rejalari bilan boğliq murojaatlarini Prezident administratsiyasiga kiritgani va Prezident administratsiyasi tomonidan uşbu murojaatlari körib çiqilib, qondirilgani haqida eʼlon qilindi», — deyiladi rasmiy xabarda.

Tadbir doirasida agentlik direktori vazifasini bajaruvçi Komil Allamjonov va direktor örinbosari Saida Mirziyoyeva öz rahbarlik faoliyati davomida amalga oşirgan işlari haqida qisqa hisobot berib, şuningdek, kelajakdagi jamoatçilik yönalişi bilan boğliq rejalari borasida fikr bildirdi.

Majlis yakunida Prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov agentlik tomonidan erişilgan yutuqlarni alohida taʼkidlab, Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyevaning Özbekistonning OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oşirişda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilişda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan özaro munosabatlari samaradorligini oşirişdagi şaxsiy hissalarini yuqori baholab, Özbekiston davlati rivojlanişi yölidagi kelgusi işlariga zafarlar tiladi.

Qöşimça qilinişiça, şu vaqtgaça AOKA rahbari birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Dilşod Saidjonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

×