Putin agar rublda tölaşdan boş tortsa, Yevropaga gaz yetkazib berişni töxtatiş bilan tahdid qildi

Putin agar rublda tölaşdan boş tortsa, Yevropaga gaz yetkazib berişni töxtatiş bilan tahdid qildi

Yevropa gaz uçun tölovni rublda tölaşdan boş tortgan taqdirda Rossiya gazini sotib oliş böyiça amaldagi şartnomalar töxtatiladi, deb maʼlum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

"Heç kim bizga tekinga heç narsa sotmaydi. Biz ham xayriya qilmoqçi emasmiz. Yaʼni mavjud şartnomalar töxtatiladi", — deb taʼkidladi Rossiya prezidenti

Avvalroq, Putin döst bölmagan davlatlar bilan gaz savdosi qoidalari töğrisidagi farmonni imzolaganini maʼlum qildi. Unga köra, bu kabi davlatlar Rossiya banklarida rublda hisob oçişi kerak böladi.

Agar döst bölmagan mamlakatlardan kelgan xaridorlar yangi tölov şartlarini bajarmasa, amaldagi gaz yetkazib beriş şartnomalari töxtatiladi, dedi Putin.

Yangi qoidalar 1 apreldan kuçga kirişi maʼlum qilindi.

×