“Rossiyaga hujum dahşatli oqibatlarga olib keladi”. Putin dunyoga tahdid qildi

“Rossiyaga hujum dahşatli oqibatlarga olib keladi”. Putin dunyoga tahdid qildi

Rossiya hozir sodir bölayotgan voqealarga aralaşişga bölgan urinişlarga keçiktirmasdan javob beradi va bu jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 24 fevral kuni rossiyaliklarga murojaat vaqtida aytib ötdi.  

Rossiya rahbari erkinlik Rossiya siyosatining markazida ekanligini taʼkidlagan. Unga köra, bu huquqdan hamma, jumladan, Ukraina aholisi ham foydalanişi kerak.

Putinning taʼkidlaşiça, Ukraina hududiga bostirib kirgan Rossiyaning harakatlari mamlakat manfaatlarini buziş bilan boğliq emas.

“Harbiy sohaga kelsak, zamonaviy Rossiya SSSR parçalanib, yadro salohiyatining katta qismini yöqotganidan keyin ham bugungi kunda eng qudratli yadroviy davlatlardan biri hisoblanadi. Bundan taşqari, u qurollarning eng sönggi turlari böyiça bir qator afzalliklarga ega. Şu munosabat bilan, Rossiyaga töğridan-töğri hujum potentsial tajovuzkor uçun mağlubiyat va dahşatli oqibatlarga olib kelişiga heç kim şubha qilmasligi kerak. Kimlardadir sodir bölayotgan voqealarga aralaşiş istagi paydo bölişi mumkin. Rossiyaning javoblari tezkor böladi va sizni tarixingizda heç qaçon duç kelmagan oqibatlarga olib keladi. Biz voqealarning har qanday rivojiga tayyormiz. Şu munosabat bilan barça zarur qarorlar qabul qilindi”, deya qöşimça qilgan u.

×