NamDUda Rossiya universiteti bilan hamkorlikda qöşma tibbiyot fakulteti oçildi

NamDUda Rossiya universiteti bilan hamkorlikda qöşma tibbiyot fakulteti oçildi

Namangan davlat universiteti tarixida ilk marotaba xorijiy davlat OTM bilan hamkorlikda qöşma fakultet taşkil etildi. Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Yekaterinburg şahri Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qöşma tibbiyot fakulteti oçildi.   

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi xabariga köra, tantanali oçiliş marosimida Ural davlat tibbiyot universiteti rektori Olga Kovtun, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, universitet jamoasi iştirok etdi. 

Yangi qöşma fakultetda quyidagi taʼlim yönalişlarida malakali mutaxassislar tayyorlanadi:

Davolaş işi;
Pediatriya;
Stomatologiya;
Farmatsevtika.

Qöşma tibbiyot fakultetida talabalar 5 yil tahsil olişadi. Öqişning dastlabki ikki bosqiçi Namangan davlat universitetida, qolgan 3 ta bosqiç Ural davlat tibbiyot universitetida olib boriladi.

Bitiruvçilarga ikkita davlatda ham tan olinadigan ikki hamkor universitetning diplomi beriladi. 

×