7 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov Yevropa va Markaziy Osiyoda raqamli rivojlaniş amaliyoti menejeri v.b. Nikol Klingen bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda «Özbekistonda inklyuziv raqamlaştiriş» keng kölamli loyihasini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, raqamli infratuzilma va IT-taʼlimni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişda Jahon Banki bilan bevosita hamkorlik qiliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanganidek, yoşlarni AKT sohasiga keng jalb etiş orqali ularning bandligini oşiriş, yuqori haq tölanadigan iş örinlarini yaratiş vazirlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Şuni hisobga olgan holda, Jahon banki iştirokida «Özbekistonda inklyuziv raqamlaştiriş» loyihasi doirasida masofaviy xizmatlar körsatiş markazlarini (BPO-markazlari) taşkil etiş va jihozlaş közda tutilgan.
Tomonlar uşbu loyiha Özbekistonning raqamli rivojlanişi doirasida muhimligini qayd etib, uni samarali amalga oşiriş va AKT sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş uçun barça saʼy-harakatlarni safarbar etişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.













