17 dekabr kuni Özbekiston Energetika vazirligida Saudiya Arabistonining «Acwa Power» kompaniyasi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasining Qoraözak va Beruniy tumanlarida quvvati 100 MVt bölgan şamol elektr stantsiyasini quriş loyihasi asosida elektr energiyasini sotib oliş Bitimini imzolaş marosimi bölib ötdi. Bu haqida Dunyo AA xabar berdi.
Tadbirda energetika vaziri örinbosari Şerzod Xodjayev, «Acwa Power» kompaniyasining biznesni rivojlantiriş böyiça vitse-prezidenti Tom Terlink, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining departament direktori Aida Sidiqova va Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi elçisi Uluğbek Maqsudov iştirok etdi.
Özbekiston energetika vazirligi tomonidan ötkazilgan tanlovda 2021 yil 16 sentyabr kuni eng quyi tarif taklifi bilan Saudiya Arabistonining «Acwa Power» kompaniyasi ğolib deb eʼlon qilingan edi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 110 million dollar bölib, işlab çiqariş quvvati yiliga 350 million kVt-soat elektr energiyasini taşkil qiladi, bunda 106 million kubometr gaz ham tejalişi közda tutilgan.
Şu kunning özida Özbekiston moliya vazirligida ham bitimlarni imzolaş marosimi ötkazildi.
Tadbir doirasida «Davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi bitim va «Davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylaştirilganligi uçun tender ğolibidan undiriladigan bir martalik tölovni amalga oşiriş töğrisida»gi şartnoma imzolandi.
Mazkur loyihani amalga oşiriş 2022 yilda boşlanib, 2023 yilda yakunlanişi rejalaştirilgan.









