Özbekiston va Rossiya hududlari $8,9 milliardlik qöşma loyihalarni kelişib oldi

Özbekiston va Rossiya hududlari $8,9 milliardlik qöşma loyihalarni kelişib oldi

Ikkinçi Özbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi va unga tayyorgarlik köriş çora-tadbirlari doirasida umumiy qiymati 8,9 milliard AQŞ dollarilik şartnomalar tuzildi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi rahbari Maksim Reşetnikov forum yakunlari böyiça jurnalistlarga maʼlum qildi.

“Faqat sönggi kunlarda forum doirasida 3,6 milliard dollarlik moliyalaştiriş bilan 28 ta şartnoma imzolandi. 113 dan ortiq loyiha muhokama qilinmoqda, memorandumlar mavjud, yondaşuvlar mavjud, ammo muzokaralar davom etmoqda, oraliq hujjatlar mavjud – bu yana qariyb 3,7 milliard dollar. Şuningdek, sönggi bir yarim oy davomida forumga tayyorgarlik köriş va qizğin ikki tomonlama taşriflar doirasida 1,6 milliard dollarlik 450 ta savdo va eksport şartnomalari imzolandi – salkam 9 milliard dollarlik”, deydi Reşetnikov.

Vazirning taʼkidlaşiça, tuzilgan şartnomalar bir martalik emas, balki Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston hududlari darajasida “örnatilgan hamkorlik tizimi”ni ifodalaydi.

Özbekiston Boş vaziri örinbosari, Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Rossiya vazirining pozitsiyasiga qöşildi va forum doirasidagi butun loyiha tsiklining “sanoat va tizimli” xususiyatini qayd etdi. 

“Bizda allaqaçon qöşma loyiha ofisimiz mavjud bölib, loyiha ğoyasidan uni amalga oşirişgaça [loyihaga hamrohlik qiladi]”, deydi Umurzoqov.

Şuningdek, u joriy yil oxirigaça Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 6 milliard dollardan oşişi mumkinligini aytdi.

Eslatib ötamiz, forum doirasida Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi rahbari Maksim Reşetnikov 2021 yilning 9 oyi yakuniga köra mamlakatlar örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş yillik hisobda 4,5 milliard dollarga etgani, 2020 yil yakuniga köra tovar aylanmasi 5,9 milliard dollarni taşkil qilganini aytgan.

Maʼlumot uçun, ilk Özbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi 2018 yilda Toşkentda bölib ötgan.

×