Sudlanuvçi Alişer Nodirov (ism, familiyalar özgartirilgan) 1993 yil Payariq tumanida tuğilgan. 26 yoşli böydoq bu yigit taassufki, biron foydali yumuş bilan şuğullanmagan. Tabiiyki, topiş-tutişining ham aniq manbasi bölmagan.
Odatdagi kunlarning birida Alişerga notaniş bölgan, tadbirga jalb qilingan Töra Boliyev Jasmina ismli tanişi bilan jinsiy aloqa qilişi uçun şaroit yaratib berişni sörab qoladi. Albatta, bu xizmat tekinga emasdi.
Özi şundoq ham moddiy ahvoli yaxşi bölmagan Alişerga bu juda ayni muddao böldi. Özaro kelişuv 50 ming sömga baholandi. Yaʼni, şu pulga Alişer Töra va Jasminaning “dam” olişlari uçun öz xonadonidan foydalanişiga ruxsat beradigan böldi. Ammo u pullarni sanab körişgagina ulgurdi, xolos. Negaki, Payariq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan pullar tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.
Aniqlanişiça, Alişer Nodirov şu uyda 2000 yildan buyon istiqomat qilib kelgan, ota-onasi vafot etişgan. Albatta, sud majlisida u qilgan işidan çin köngildan puşaymonligi, pul zarur bölganligi sababli pulga muhtoj bölib, notaniş qiz va yigitga nomaqbul işlari uçun yaşaş uyida şaroit yaratib berganligi, kelgusida bu kabi jinoyatga aslo qöl urmasligi haqida körsatma berdi.
Sud fuqaroviy daʼvo mavjud emasligini eʼtiborga olib, unga 250 soat majburiy jamoat işlari jazosi tayinlandi.
Tayinlangan majburiy jamoat işlari jazosi Payariq tuman IIO Probatsiya guruhi tomonidan belgilab beradigan joylarda ötaş belgilandi.
X.KELDIYAROVA,
jinoyat işlari böyiça Payariq tumani sudi sudyasi
Manba: Zarnews









