Telegram mart oyining dastlabki ikki haftasida ilk bor Rossiyada WhatsApp ommabopligini çetlab ötdi – MegaFon tadqiqotiga köra, uning messenjerlardagi umumiy trafikdagi uluşi ötgan oyning şu davriga nisbatan 48 foizdan 63 foizga oşgan.
Kompaniya mutaxassislari Big Data vositalari yordamida mobil internet-trafikni tahlil qilişdi.
«2022 yilning mart oyida Telegram xizmati Rossiyada birinçi marta WhatsAppni ortda qoldirib, mamlakatdagi eng ommabop messenjerga aylandi... Mart oyining dastlabki ikki haftasida ötgan oyning xuddi şu davri bilan taqqoslaganda Telegramning messenjerlardagi umumiy trafikdagi uluşi 48 foizdan 63 foizga oşdi. Xizmatning maşhurligi boşqa messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarga kiriş çeklovlari şaroitida ösdi.
Kompaniya taʼkidlaganidek, Telegram nafaqat aloqa vositasi, balki axborot kontentining asosiy manbalaridan biriga aylandi. Xizmat 24 fevraldan boşlab faol rivojlana boşladi.
Şu bilan birga, WhatsApp uluşi 48 foizdan 32 foizga qisqardi – u trafik böyiça ikkinçi örinda, Viber uluşi 5 foizdan 4 foizga kamaydi. Tadqiqotga köra, agar 2021 yil oxirida Telegram 55 ta hududda asosiy aloqa vositasi bölgan bölsa, ayni damda 82 ta hududda yetakçilik qilmoqda. Qoraçay-Çerkesiya, Doğiston va Çeçeniston bundan mustasno bölib, WhatsApp eng maşhur messenjer bölib qolmoqda.
«Telegram kuniga mobil trafik sarfi böyiça ham yetakçiga aylandi: örtaça hisobda bir foydalanuvçi uşbu xizmatga 101 megabayt, WhatsApp foydalanuvçilari – 26 megabayt, Viber – 8 megabayt trafik sarflaydi», — deya qöşimça qilinadi tadqiqotda.









