PSJ hujumçisi Lionel Messi UEFA Çempionlar ligasi guruh bosqiçining 6-turida “Bryugge” darvozasini ikki bor işğol etdi. Bu uning faoliyatida rasmiy öyinlardagi 757 va 758-gollari sifatida tarixga yozildi. Yetti karra “Oltin töp” sohibi uşbu natija böyiça “futbol qiroli” Peleni (757) ortda qoldirdi.
Messidan oldinda “Mançester Yunayted”ning 36 yoşli portugaliyalik hujumçisi Kriştianu Ronaldu bormoqda. Uning hisobida rasmiy uçraşuvlarda kiritilgan 801 gol mavjud.
Bundan taşqari, Lionel Messi YEÇLda 38-jamoa darvozasini işğol etdi va Ronalduga tenglaşib oldi.
Eslatib ötamiz, afsonaviy braziliyalik futbolçi Pele özining Instagram sahifasida Messini “Oltin töp”ni qölga kiritgani bilan tabriklagan edi.
Maʼlumot uçun, 34 yoşli argentinalik futbolçi joriy mavsum PSJ safida 14 ta öyinda maydonga tuşgan va 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oşirgan.









