Özbekiston sanktsiyalar girdobidagi Rossiyaga samolyot işlab çiqarişga yordam beradi

Özbekiston sanktsiyalar girdobidagi Rossiyaga samolyot işlab çiqarişga yordam beradi

Özbekiston Rossiyaga Tu-214 samolyotlarini işlab çiqarişni qayta tiklaşda yordam berişi mumkin. Bugun, 23 mart kuni Özbekiston va Tatariston örtasida sarmoyaviy va iqtisodiy hamkorlik böyiça ötkazilgan davra suhbatida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

“Bugun Tu-214 işlab çiqarişni qayta tiklaşga qaror qilindi. Loyiha, albatta, oson emas. Bu yerda biz ham özaro hamkorlikka (Özbekiston bilan – tahr.) işonamiz”, dedi Tatariston Prezidenti yordamçisi Ravil Zaripov.

Uning qöşimça qilişiça, gap samolyotning ayrim qismlarini birgalikda işlab çiqariş haqida ketmoqda.

Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Xurram Teşaboyevning sözlariga köra, Toşkent mexanika zavodida işlab çiqarilayotgan butlovçi qismlar bazasi röyxatini kengaytiriş böyiça kelişuvlar allaqaçon mavjud.

Rossiyada Tu-214 örta masofali yölovçi laynerining seriyali işlab çiqarilişini jonlantiriş rejalari Ğarb mamlakat aviatsiya sanoatiga qarşi sanktsiyalar kiritganidan keyin paydo böldi.

×