Medvedev Toşkentdagi majlisda dollardan voz keçişni taklif qildi

Medvedev Toşkentdagi majlisda dollardan voz keçişni taklif qildi

Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bugun Toşkentda bölib ötgan ŞHT majlisida Şanxay hamkorlik taşkiloti davlatlari özaro milliy valyutada muomala qiliş mexanizmini işlab çiqişi kerakligini aytgan.

Medvedevning fikriça, milliy valyutadagi umumiy moliyaviy bozor davlatlarning umumiy raqobatbardoşligini oşiradi. Şuning uçun ham rus hukumati rahbari ŞHT davlatlarining bank ekspertlari va moliyaçilarini Moskvadagi davra suhbatiga taklif qilgan.

Eslatib ötamiz, Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi 2020 yilda ilk bor Hindistonda ötkaziladi.

×