Samarqand viloyatining Bulunğur tumani hududidan ötuvçi M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining bir qismini sel bosdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, köp miqdordagi yoğingarçilik va ayrim hududlarga sel kelişi oqibatida M-39 avtomobil yölining 1075-1077 kilometrlari oraliğida suv töplangan.
Qayd etilişiça, hozirda hududiy FVB va YHXB xodimlari tomonidan zaruriy çoralar körilmoqda.
“Barça haydovçilardan ehtiyotkor bölişlarini, tartibga soluvçilarning işoralariga qatʼiy rioya qilişlarini söraymiz”, deyiladi xabarda.









