26 iyul, çorşanba kuni Moskvada sönggi ikki yuz yil içida yoğingarçilik miqdori böyiça rekord örnatgan yomğir yoğdi. Rossiya poytaxti köçalari suvga ğarq bölmoqda.
Bir neça soat içida Moskvada 46 mm yoğingarçilik yoğdi. Bu 1894 yilda örnatilgan avvalgi körsatkiçdan özib ketgan rekord körsatkiçdir, deb xabar beradi Moskva şahar maʼmuriyati.
Taʼkidlanişiça, baʼzi hududlarda köçalarni suv bosgan, suv sathi yöl böylab harakatlanayotgan avtomobillar oynasigaça yetgan.
Departamentning qöşimça qilişiça, moskvaliklar yaqin kunlarda kuçli yomğir töxtaşini kutmasliklari kerak.









