Nukusda ayollar yölni tösib qöydi, holat yuzasidan munosabat berildi

Nukusda ayollar yölni tösib qöydi, holat yuzasidan munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda keça, 27 may kuni bir guruh ayollar Nukus şahar Allayar Dosnazarov köçasini tösib qöygani aks etgan video tarqaldi. Ayollar nafaqa pullari berilmagani uçun köçani tösib qöygan. Voqea yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.

Xalq banki Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahar bank xizmatlar markazining va Pensiya jamğarmasi Nukus şahar bölimining bergan maʼlumotlariga köra, Özbekiston Prezidentining 2020 yil 4 avgust kungi PQ-4797 sonli qarori asosida nafaqa pullarini tarqatiş yoki beriş “Ijtimoiy muhofaza qilişning yagona reyestri” axborot tizimida nosozliklar yuzaga kelgan.

Bu borada tegişli taşkilotlar tomonidan işlar olib borilib, texnik nosozliklar bartaraf etilganligi va şu kunning ikkinçi yarimida nafaqa oluvçilarning plastik hisob raqamiga ötkazib berilganligi aniqlandi.

×