Sirdaryodagi uylarni yana suv bosdi

Sirdaryodagi uylarni yana suv bosdi

Sirdaryoda surunkali yoğingarçiliklar tufayli aholi xonadonlari va qişloq xöjaligining şudgor yerlarini suv bosdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Yoğingarçiliklar tufayli Sirdaryo tumanidagi xöjaliklararo kollektorning Baxt şaharçasi hududidan oqib ötuvçi qismida suv sathining meʼyoridan oşib ketgan. Oqibatda Baxt şahri “Xazina” MFYning “Xamiyatli” köçasida 21 ta, “Tarovatli” köçasida 7 ta, “Uluğ yöl” köçasida 35 ta, “Peşqadam” köçasida 12 ta, “Yangi quriliş” köçasida 27 ta xonadonga suv kirgan.

Qayd etilişiça, vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida Baxt şahri IIBda tezkor ştab taşkil etilib, tuman hokimligi, FVB, IIB, Milliy gvardiya xodimlari va mahalla vakillaridan iborat 3 ta işçi guruh tuzilgan. Işçi guruh tomonidan suv toşgan xonadonlar aholisini xavfsiz hududlarga köçiriş haqida ogohlantiriş xatlari berilib, “Xazina” MFYdan 20 ta xonadonda yaşovçi 68 nafar fuqaro vaqtinçalik yaqin qarindoşlari xonadonlariga köçirilgan. Köçirilgan aholi uçun tibbiy va boşqa taʼminot tadbirlari taşkil etilgan.

“Yuzaga kelgan suv toşiş oqibatlarini bartaraf etiş uçun viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Avtoyöl xizmati, Suv xöjaligi vazirligi viloyat tuzilmalari kuç va vositalari jalb qilingan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Şuningdek, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri boşçiligida Maxsus vazifalar böyiça respublika qutqaruv markazidan qutqaruvçilar yetib borgan. Bundan taşqari, Jizzax va Toşkent viloyatlari FVBlaridan qöşimça kuç va vositalar safarbar etilib, hozirda suvni çiqariş işlari olib borilmoqda.

×