Germaniya Rossiyadan energiya taʼminotiga qaramligini asta-sekin kamaytirmoqçi. Bu haqda Germaniya kantsleri Olaf Şolts keça, 14 mart Turkiyaga taşrifi çoğida maʼlum qildi. U Prezident Rajab Toyib Erdöğan bilan birgalikda matbuot anjumanida qatnaşdi.
“Bilasizmi, Germaniya juda qisqa vaqt – deyarli 25 yil içida qazib olinadigan energiya manbalaridan foydalanişni yöq qilişdek ulkan maqsadni qöygan. Biz Yevropada, tabiiyki, Rossiyani çetlab ötib, gaz, neft va kömirni yetkazib beriş yönalişlari böyiça energiya taʼminotini diversifikatsiya qiliş uçun infratuzilmaga muhtojmiz, toki biz [ularga] qaram bölib qolmaylik”, deydi Şolts.
Avvalroq Germaniya vitse-kantsleri, Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qiliş vaziri Robert Xabek Germaniya Rossiyaning energiya resurslari – neft, gaz va kömir yetkazib berişni töxtatişga tayyorligini maʼlum qilgandi. Uning sözlariga köra, Germaniya rasmiylari ötgan yilning dekabr oyidan buyon şunday stsenariy ustida işlamoqda. Iqtisodiyot vazirligi rahbari Germaniya bu qişda, bahorda va yozda Rossiya gazi taʼminotisiz tura olişini taʼkidlagan. Xabek, şuningdek, Germaniya energiya taʼminotini diversifikatsiya qiliş uçun barça saʼy-harakatlarni amalga oşiriş niyatida ekanini urğuladi.









