Germaniya Ukrainani qöllab-quvvatlovçi loyihani rad etdi

Germaniya Ukrainani qöllab-quvvatlovçi loyihani rad etdi

Germaniya Polşada Ukraina uruşida şikastlangan Leopard tanklarini taʼmirlaş qöşma markazini taşkil etişda iştirok etişdan boş tortdi. Bu haqda Germaniyaning “Handelsblatt” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, Germaniya va Polşa uşbu loyiha ustida kelişa olmagan. Aniqroği, Germaniya unda iştirok etişni xohlamagan.

"Yaqin kunlarda rasman eʼlon qilinadigan qarorning sababi, Germaniya nuqtai nazaridan, Polşa tomonining narxlar böyiça mutlaqo oşirib yuborilgan umidlaridir", deyiladi Germaniya tomoni bergan bayonotda.

Maʼlumot uçun, Polşada Ukrainada işdan çiqqan Leopard tanklarini taʼmirlovçi markazni işga tuşirişni Germaniyaning özi joriy yilning 21 aprelida taklif qilgandi. Buning uçun sarflanadigan xarajatlar Germaniya hukumati tomonidan qoplanişi közda tutilgandi. Biroq jarayonni Varşavaning özi sekinlaştirgani aytilmoqda. Gap şundaki, Polşaning PGZ kompaniyasi asbob-uskunalarni birlamçi tekşiriş uçun Germaniyadan 100 ming undirmoqçi bölgan. Germaniyada esa bu xizmat 12 ming yevro turişi taʼkidlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Oq uy Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib berişga ikkilanayotgani xabar qilingandi.


×