Germaniya qordan qoçib, dölga tutilişi mumkin

Germaniya qordan qoçib, dölga tutilişi mumkin

Germaniya gaz böyiça boşqa davlatlarga, jumladan Qatarga qaram bölib qolişi mumkin. Bu haqda “Die Welt” gazetasida çop etilgan maqolada aytiladi.

“Germaniya Rossiya gazi va neftiga qaramlikdan xalos böliş uçun butun dunyo böylab yangi hamkorlar qidirmoqda. Vaholanki, barça qitʼalarda energiya manbalaridan siyosiy bosim ötkaziş vositasi sifatida foydalaniladi”, deyiladi maqolada.

Xususan, maqolada energetika inqirozi Fors körfazi davlatlari uçun yangi kuçlar bergani urğulangan. Ular dunyodagi eng yirik neft yetkazib beruvçisi, xususan Saudiya Arabistoni, Qatar esa suyultirilgan gazning eng yirik eksportçisi hisoblanadi.

Şuning uçun yevropalik siyosatçilar bu yil Fors körfaziga yangi taʼminot şartnomalarini taʼminlaş va Rossiyadan mustaqil böliş uçun köproq taşrif buyurgan. Biroq, naşr mualliflarining fikriga köra, yevropaliklar bir qiyin vaziyatdan ikkinçisiga ötişgan, ehtimol undan ham qiyinroq.

“Bu Yevroparlamentdagi korruptsiya mojarosi çoğida özini namoyon qildi: bir neça qatarlik vakillar jahon çempionati arafasida öz mamlakatlari obrösini yaxşilaş uçun Yevroparlament deputatlariga pora berganlikda gumon qilinmoqda. Şu fonda, sud jarayoni tugaguniga qadar Qatarning Yevroparlament majmuasi hududiga kirişini töxtatib qöyişi mumkinligi haqida maʼlumotlar paydo böldi”, deyiladi gazeta maqolasida.

Bunga javoban Qatar vakillari bu qadam arab amirligining Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlariga va global energetika xavfsizligi salbiy taʼsir körsatişi mumkinligini aytgan.

“Şu bilan birga, nemis kompaniyalari Qatar bilan şartnoma imzoladi. Ular Germaniyaga 2 million tonna suyultirilgan gaz yetkazib berişni nazarda tutadi, bu uning yillik energiya ehtiyojining qariyb 3 foiziga töğri keladi. Şuning uçun, Germaniya hukumati şayxlarning ğazabini qözğatadigan biron bir bayonot yoki qaror qabul qilişdan oldin ikki marta öylab körişi kerak", deyiladi maqolada.


×