Germaniya kantsleri Putinning asl maqsadini oçiqladi

Germaniya kantsleri Putinning asl maqsadini oçiqladi

«Xomxayolga berilmaymiz, albatta, Putin sanoqli soatlarda öz siyosiy maslagidan voz keçmaydi. Lekin Rossiya rahbariyati juda qisqa fursatda qançalik oğir tovon tölaşi kerakligini tuşunib yetişi aniq. Birgina ötgan haftada Rossiya birjasida narx qulaşi 30 foizni taşkil etdi. Bu esa sanktsiyalarimiz öz kuçini körsatayotganini tasdiqlaydi», – deydi O.Şolts.  

Germaniya rahbari Rossiya uruşni zudlik bilan töxtatmas ekan, yanada oğir iqtisodiy-moliyaviy jazo çoralar kuçga kirişidan ogohlantirgan.

Kantsler Şolts Rossiya armiyasining Yevropaga tahdid solişiga aslo yöl qöyilmasligini taʼkidlar ekan, Germaniya NATO doirasidagi majburiyatlarini oğişmay bajarişini urğulagan.

«Prezident Putin şubha qilmasinki, biz ittifoqçilarimiz bilan alyansning har bir qariç yerini sabot ila himoya qilamiz», – deydi u.

Olmon hukumati boşliği oşib borayotgan tahdidlar şaroitida demokratik qadriyatlarni himoya qiliş uçun mamlakat mudofaasiga köproq mablağ ajratiş zaruratini ham asoslagan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi Germaniyaning taşqi hamda xavfsizlik siyosatida tub buriliş yasadi. Kantsler Olaf Şoltsning kuni keça Bundestag – mamlakat parlamentida sözlagan pafosli nutqi ana şundan dalolat bermoqda.

Germaniya yetakçisi Rossiya qurolli kuçlarining Ukraina hududiga bostirib kirişini Yevropa qitʼasi tarixidagi evriliş pallasi deb atagan. 

«Rossiya prezidenti Putin Ukrainaga hujumni boşlar ekan, sovuqqonlik bilan vayronkor uruş gulxanini yoqdi. Buning sababi bitta: ukrainaliklarning hurligi uning mustabid hokimiyatini şubha ostiga olar edi. Bu – xalqaro huquqning poymol etilişi. Bu – heç bir asosda oqlab bölmaydigan xatti-harakat», – dedi kantsler Şolts.

«Putin Ukrainaga hamla qilar ekan, mustaqil davlatni dunyo xaritasidan öçirişnigina közlagani yöq. Bu bilan u yarim asr avval Xelsinki yakunlovçi akti qabul qilinganidan buyon amal qilib kelayotgan Yevropada xavfsizlik tartib-qoidalarini ham yöqqa çiqarmoqçi», – qöşimça qilgan Germaniya kantsleri.

AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiya qöşini Ukrainaga bostirib kirişi ortidan bergan bayonotida Putin bu bilan çeklanmasligi, u Sovet Ittifoqini tiklaşga urinayotganini taʼkidlagan edi.

Olmon hukumati rahbari ham okeanortidagi ittifoqçisiga muştarak fikr bildirgan.

«Putinning tarixiy mavzudagi maqolalarini öqigan, Ukrainaga qarşi oçiq uruş eʼlon qilganini televizorda körgan yoki men kabi yaqinda u bilan şaxsan uçraşib, bir neça soat suhbatlaşgan kişi Putinning Rossiya imperiyasini tiklaşni közlaganiga şubha qilmaydi», – deydi O.Şolts.

Germaniya yetakçisi Ukrainada xunrezlik davom etayotgan pallada zudlik bilan amalga oşirilişi kerak bölgan muhim vazifalarga eʼtibor qaratgan.

Birinçidan, butun dunyo, jumladan, Yevropa Ukrainani hozirgi muşkul pallada qöllab-quvvatlamoği lozim. Kiyevga moddiy-maʼnaviy kömak körsatib kelayotgan Berlin qurol-aslaha yetkaziş sörovini javobsiz qoldirayotgan edi. Ammo Ukraina tajovuz ostida qolgaç, Germaniya hukumati favqulodda çoraga qöl urdi: Kiyevga mudofaa maqsadida qurol-aslaha yuboriladigan böldi. Qolaversa, Rossiya rahbariyatini uruş qaroridan qaytariş uçun YEI misli körilmagan sanktsiyalar qöllamoqda.

Berlinda Rossiyaning Ukrainaga qöşin tortib kirişiga qarşi ötkazilgan köp ming kişili namoyişdan lavha.

×