Rossiya Ğarbga qarşi javob sanktsiyalari tayyorladi

Rossiya Ğarbga qarşi javob sanktsiyalari tayyorladi

Rossiya tez orada Ğarb davlatlari siyosatçilari, tadbirkorlari va boşqa şaxslarga nisbatan şaxsiy sanktsiyalar röyxatini eʼlon qiladi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov maʼlum qildi.  

“Röyxatlar tayyor. Biz bu bilan şuğullanyapmiz. Sanktsiyalarga qay tarzda va qanday miqyosda javob berişni belgilaş notöğri bölsa kerak”, degan u. 

Diplomatning sözlariga köra, javobni işlab çiqiş çoğida Moskva “bosiqlik körsatadi”. Şu bilan birga, Ryabkovning sözlariga köra, Rossiya rasmiylari kiritilgan çeklovlardan körilgan zararni minimallaştiriş imkoniyatiga ega. 

“Biz bilardik va hozir ham bilamizki, amerikaliklardan istalgan vaqtda har qanday hiyla-nayrang kutiş mumkin. Biz hozir yuzaga kelgan vaziyatga tayyorlanayotgan edik. Bu maxsus operatsiyaga boğliq emas”, degan u. 

Ryabkovning fikriça, Rossiya bilan munosabatlarda Qöşma Ştatlar “yomondan yomon” strategiyasiga amal qilmoqda. 

“Agar AQŞning ketma-ket maʼmuriyatlari saʼy-harakatlari bilan munosabatlarimiz yomondan yomonga siljişini körayotgan bölsak, qanday işonç haqida gapiriş mumkin”, deya qöşimça qilgan Ryabkov. 

×