Rossiya ortidan AQŞ ham yadroviy qurollarini şay holatga keltiradimi? Blinken javob berdi

Rossiya ortidan AQŞ ham yadroviy qurollarini şay holatga keltiradimi? Blinken javob berdi

AQŞ hozirda öz strategik kuçlarining tayyorgarligi darajasini oşiriş niyatida emas. Bu haqda keça, 2 mart kuni AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Davlat departamentida jurnalistlar bilan suhbatda maʼlum qildi.

“Prezident [Vladimir] Putinning yadroviy kuçlar haqidagi bayonotlariga kelsak, birinçidan, sizlarga maʼlumki, Rossiya va Qöşma Ştatlar yadro qurolidan foydalaniş butun dunyo uçun halokatli oqibatlarga olib kelişi haqida ança oldin kelişib olişgan” degan Blinken Rossiya rahbarining yadroviy kuçlarni maxsus jangovar navbatçilik rejimiga ötkaziş haqidagi buyruğini izohlar ekan. 

Davlat kotibi avvalroq Moskva va Vaşington “yadro uruşida ğalaba qozonib bölmaydi, uni boşlaş mumkin emas”, deb taʼkidlaganini eslatgan.

“Yadro quroli haqidagi provokatsion bayonotlar masʼuliyatsizlikning çöqqisidir, bu xavfli, bunga yöl qöymaslik kerak. Biz Prezident Putinning buyruği, uning bayonotlarini baholadik va hozirça [strategik kuçlarning] tayyorlik darajasini özgartiriş uçun heç qanday sabab körmayapmiz”, deya qöşimça qilgan Blinken.

Ötgan hafta Putin NATOning yetakçi davlatlarining yuqori martabali amaldorlari tajovuzkor bayonotlar bildirayotganini taʼkidlab, bunga javoban strategik kuçlarni maxsus şay holatga keltirişni buyurgandi.

×