BMT Rossiya qarşi muhim hujjatni qabul qilişi kutilmoqda

BMT Rossiya qarşi muhim hujjatni qabul qilişi kutilmoqda

Bugun, 2 mart kuni BMT Boş Assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumini qoralovçi rezolyutsiya loyihasiga ovoz beradi. Dunyoning 90 davlati tomonidan qöllab-quvvatlangan hujjat 193 davlat vakillari iştirokidagi yiğiliş muhokamasiga qöyiladi. 

Hujjat matnida Rossiya Qurolli kuçlarining Ukrainadagi harakatlari keskin qoralanadi. 

Unda, Rossiya qöşinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan va sözsiz olib çiqib ketiş talabi bor. Rezolyutsiyada Ukraina suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga eʼtibor qaratilgan. 

Hujjat mualliflari Rossiyaning Ukrainaga qarşi BMT Nizomi ikkinçi moddasi 4-bandini buzgan agressiv harakatlarini keskin qoralaydi. 

Unda aytilişiça, Rossiya Ukrainadagi harbiy harakatlarga çek qöyişi kerak. Moskva “Ukraina hududini zudlik bilan, töliq va sözsiz tark etişga” çaqiriladi. 

Hujjatda keltirilişiça, Rossiyaning 21 fevraldagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan oliş haqidagi qarori haqiqiy emas. 

“Rossiya bu qarorni darhol va sözsiz bekor qilişi kerak”, deyiladi unda.

×