Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyat keskinlaşgan taqdirda mamlakatni tark etiş niyatida emas. Bu haqda Ukraina Taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
“Prezident hamişa Ukraina xalqi bilan birga böladi. Ukraina Prezidentining işonçi komilki, agar biz birdamlikni saqlasak, diqqatimizni jamlasak, yakunda ğalaba qozonamiz”, degan Kuleba.
Avvalroq, AQŞ OAVlarida maʼmuriyatdagi nomaʼlum manbalarga tayanib, Qöşma Ştatlar Zelenskiyga xavfsizlik uçun Lvovga borişni maslahat bergani haqida maʼlumot paydo bölgan edi.
Bundan taşqari, Ukraina va Rossiya örtasida keng kölamli mojaro yuzaga kelgan taqdirda Zelenskiyning xorijga evakuatsiya qilinişi ehtimoli ham muhokama qilingan edi.
Şuningdek, Kulebaga köra, Qöşma Ştatlar Ukrainaga qöşimça qurol-yaroğ yetkazib berişga vaʼda bergan.
“Biz yana nima qiliş mumkinligini muhokama qildik. Muammo şundaki, biz Putin bundan keyingi qanday harakatlarni rejalaştirayotgani haqida aniq tuşunçaga ega emasmiz. Demak, hozirgi şaroitda yagona yeçim — imkon qadar tezroq harakat qiliş. Ukraina faqat mudofaa qurollarini söraganini taʼkidlamoqçiman, biz heç qaçon AQŞdan Ukrainaga askar yuborişni söramaganmiz va bunga intilmaymiz”, degan u.
AQŞ Prezidenti Jo Bayden keça, 22 fevral kuni Oq uyda Kuleba bilan uçraşuvda Vaşington Kiyevga harbiy va iqtisodiy yordam berişda davom etişini aytgan.









