NATO 30 ming askar iştirokida maşğulot boşlayapti

NATO 30 ming askar iştirokida maşğulot boşlayapti

NATO 30 000 askar iştirokidagi katta maşğulotlarni boşlamoqda. Ular Norvegiyada bölib ötadi. Tegişli bayonot NATOda eʼlon qilingan.  

Taʼkidlanişiça, bu yil NATO qöşinlari iştirokidagi eng yirik maşğulot bölgan Cold Response-2022 maşğulotlari joriy yilning 14 mart kuni boşlanadi. 

“Kelgusi haftalarda ittifoqçilar va hamkorlar qurolli kuçlari maşqlar ötkazadi. Bizning qurolli kuçlarimiz har qanday tahdid yoki inqirozga javob berişga, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz xavfsizligini taʼminlaşga tayyor”, deyilgan NATO xabarida. 

Maşğulotlarda Yevropaning 25 dan ortiq davlati va Qöşma Ştatlar şimolidan 30 mingga yaqin harbiy xizmatçi, 200 samolyot va 50 kema qatnaşadi. Harbiylar quruqlikda, havoda va dengizda maşq qiladi. 

Alyansning taʼkidlaşiça, maşğulotlar 8 oy oldin eʼlon qilingan. 

“Bu Rossiyaning Ukrainaga asossiz bostirib kirişi bilan boğliq emas”, deyiladi alyans xabarida.

×