NATO PA Rossiyani terrorçi davlat deb tan olişga çaqirdi

NATO PA Rossiyani terrorçi davlat deb tan olişga çaqirdi

Keça, 21 noyabr kuni NATO Parlament Assambleyasi alyans aʼzolarini Rossiya rejimini terrorçi deb tan olişga çaqiruvçi rezolyutsiyani eʼlon qildi. PA rezolyutsiyasi Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzi bilan boğliq jinoyatlarni tergov qiliş uçun maxsus xalqaro tribunal yaratişni talab qiladi. 

NATOning Madriddagi yillik sessiyasi yakunlari böyiça qabul qilingan rezolyutsiya, şuningdek, Ukrainaga qurol yetkazib berişni köpaytiriş, Ukrainaning NATOga qöşilişi böyiça aniq qadamlarni işlab çiqiş va Ukrainaga yetkazilgan zarar uçun Rossiya Federatsiyasidan tovon undiriş mexanizmini yaratişga çaqiradi. 

Parlament Assambleyasi Rossiyaning Ukraina xalqiga qarşi (boşlangan) dahşatli uruşining davom etayotganini, şu jumladan tinç aholi va infratuzilmani ataylab nişonga olgani, aholiga qarşi terrorçilik harakatlaridan farq qilmaydigan va uruş jinoyatlarini taşkil etuvçi dahşatli hujumlarni keskin qoraladi.

Rezolyutsiyada Rossiya tomonidan qurol-yaroğ nazorati böyiça majburiyatlarni buziş davom etayotgani hamda global qurol nazorati va yadroviy qurollarni tarqatmaslik rejimlarining yemirilişidan çuqur xavotir bildirilgan hamda Rossiyaning yadro qurolidan foydalaniş böyiça öylamasdan va qabul qilib bölmaydigan tahdidlari qoralangan. 

Ittifoqçilar Rossiya NATO-Rossiya taʼsis akti töğrisidagi qonunni qöpol va köp marotaba buzganligini inobatga olgan holda, NATO kuçlarini joylaştirişni çeklovçi qoidalarini öz içiga olgan uşbu hujjat haqiqiy emasligini aniq aytişga çaqiriladi. 

Alyans NATOga aʼzo davlatlarni Ukrainaga harbiy, razvedka, moliyaviy va gumanitar yordamni oşirişga, jumladan, qurol-yaroğ yetkazib berişni tezlaştirişga va bu yordamni Ukraina ğalaba qozonişi uçun zarur bölgan vaqtgaça körsatişga çaqirdi.


×