Ukrainada uruş boşlanganidan beri har ikki tomondan halok bölgan yoki yaralangan askarlar soni 500 mingga yaqinlaşdi. Bu haqda Amerika razvedkasiga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.
Rasmiylarning ogohlantirişiça, qurbonlar sonini taxmin qiliş qiyinligiça qolmoqda, çunki Moskva uruşda halok bölganlar va yaralanganlarni muntazam ravişda kam hisoblaydi, rasmiy Kiyev esa raqamlarni oşkor qilmaydi.
Manbaga köra, Rossiya harbiylarining qurbonlari soni 300 mingga yaqinlaşmoqda, jumladan, 120 ming kişi halok bölgan va 170 mingdan 180 ming nafargaça harbiy jarohat olgan. Ukrainada halok bölganlar soni 70 mingga yaqinlaşgan, yaralangan askarlar soni 100 mingdan 120 minggaça yetgan bölişi mumkin.
AQŞ razvedkasi qurbonlar soni Ukraina joriy yil boşida qarşi hujum uyuştirganidan keyin köpayganini bildirgan.
Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak NYT’dagi maqolani şarhlar ekan, bunday raqamlarni faqat Boş ştab oşkor qilişi mumkinligini aytgan.
“Biz şunday modelni qabul qildikki, faqat Boş ştab yaradorlar, nogironlar, qöl-oyoqlarini yöqotganlar, bedarak yöqolganlar va, albatta, bu uruşda halok bölganlar soni töğrisidagi raqamlarni aytişga haqli”, degan u keça, 18 avgust kuni jurnalist Yuliya Latininaning Youtube-kanalidagi jonli efirda.









