Ronalduning öğli “Real” akademiyasida maşğulot ötkazdi

Ronalduning öğli “Real” akademiyasida maşğulot ötkazdi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronalduning tönğiç öğli Kriştianu Junior “Real Madrid” akademiyasining U16 jamoasida maşğulot ötkazdi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.


Maʼlumotlarga köra, Kriştianu Junior hujumçi sifatida öynaydi va hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi yoşlar jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U yaqin kelajakda “Real Madrid” tizimiga qöşiliş maqsadida klub akademiyasida sinov maşğulotlarida iştirok etgan.

Ronalduning öğli 2010 yil iyun oyida tuğilgan. U ilk bor 2025 yil oktyabr oyida Portugaliya 16 yoşgaça bölganlar terma jamoasiga çaqirilgan edi.

Uning otasi Kriştianu Ronaldu beş karra “Oltin töp” sohibi, beş karra Çempionlar ligasi ğolibi, Yevropa çempioni hamda rasmiy öyinlarda eng köp gol urgan futbolçi hisoblanadi. U 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida töp tepib kelmoqda.


Teglar:
×