Isroil Boş vaziri Naftali Bennet Moskva va Kiyev örtasidagi vositaçilik saʼy-harakatlari doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning talablarini yetkazdi va “qon tökilişining oldini oliş uçun Kreml qöyayotgan vazifalarni bajarişni taklif qildi.
Rossiya davlat rahbari talablari orasida Ukraina Rossiyaning Qrimni anneksiya qilganini tan olişi, Donetsk va Lugansk muxtoriyati maqomi, Kiyevning Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş orqali NATOga qöşilmaslik majburiyatini oliş kabi bandlar bor. Bu haqda Haaretz gazetasi va Walla veb-sayti yozmoqda.
Ukrainaning yuqori martabali mulozimining Isroil matbuotiga aytişiça, Bennet Zelenskiyni Putinning taklifini qabul qilişga undagan:
“Agar men sizning örningizda bölganimda, xalqimning hayoti haqida öylab, taklifni qabul qilgan bölardim”.
Bunga javoban Ukraina davlat rahbari Bennettga “uni tuşunganini” aytdi.
"Bennet bizga taslim bölişni taklif qildi. Bizning bunday niyatimiz yöq. Biz bilamizki, Putinning taklifi faqat boşlanişdir”, deb yozadi Walla Ukraina rahbarining sözlaridan iqtibos keltirgan holda.
Zelenskiy Bennetning vositaçilik harakatlaridan qoniqiş hosil qilmaganidan, ikki tomon örtasidagi xabarning uzatilişi vositaçilik deb hisoblanmasligidan şikoyat qildi.
“Isroil rahbari yeçim topmadi”, deydi Zelenskiy.









