Ukrainaning sobiq Prezidenti Zelenskiyga murojaat qildi

Ukrainaning sobiq Prezidenti Zelenskiyga murojaat qildi

Ukrainaning sobiq Prezidenti Viktor Yanukoviç Ukrainaning amaldagi rahbari Vladimir Zelenskiyga murojaat qilib, “qanday bölsa ham qon tökilişini töxtatişga va tinçlik kelişuviga erişişga majbur” ekanini aytdi. Yanukoviçning murojaati RIA Novosti agentligi tomonidan çop etilgan.

Ukrainaning sobiq Prezidenti 2014 yilda mamlakatni tark etib, töğri iş qildimi yoki yöqmi, deb doimo öylab yurganini aytgan. Yanukoviçga köra, u qon tökilmasligi uçun şunday qilgan, biroq uning “qurbonligi Maydan hokimiyatini töxtata olmagan”.

“Men Vladimir Zelenskiyga prezidentlik va hatto biroz otalik bilan murojaat qilmoqçiman. Vladimir Aleksandroviç, siz haqiqiy qahramon bölişni orzu qilgandirsiz! Ammo qahramonlikni körsatib bölmaydi, bu oxirgi ukrainalik qolgunça kuraşiş emas.

Bu fidoyilikda, odamlar hayotini saqlab qoliş uçun öz ğururi va ambitsiyalari ustidan ğalaba qozonişda. Men juda yaxşi tuşunaman, sizning “maslahatçilaringiz” köp, lekin şaxsan siz har qanday holatda ham qon tökilişini töxtatişga, tinçlik kelişuviga erişişga majbursiz.

Sizdan Ukraina, Donbass va Rossiyada şuni kutişmoqda. Ukraina xalqi va Ğarbdagi hamkorlaringiz sizdan minnatdor böladi. “Tinçlik örnatuvçilar baxtlidir, çunki ular Xudoning öğillari deb ataladi” (Injil 5-bob, 9-oyat)”, degan Yanukoviç.

Viktor Yanukoviç 2014 yilda, mamlakatda tartibsizliklar boşlanganidan keyin Ukrainani tark etgan. Öşandan beri u Rossiyada yaşaydi. Kiyevda Yanukoviç Moskvadan Ukrainaga qöşin kiritişni söraganlikda ayblangan, bu esa öz navbatida Qrimning Rossiya tarkibiga qöşilişiga olib kelgan.

2019 yilda Kiyev sudi Yanukoviçni davlatga xiyonat qiliş va uruşga yordam berişda aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi Yanukoviçni Ukrainaga ekstraditsiya qilişdan boş tortgan va uning taʼqibini siyosiy deb baholagan.

×