Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan sönggi haftada Rossiya manfaatlariga qarşi uçta qarorni qabul qildi. Bu orqali u mamlakatning uzoq kutilgan orzusi – Yevropa Ittifoqiga kirişiga yaqinlaşdi. Bu haqda özbekistonlik siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov şaxsiy Telegram-blogida yozdi.
Rabbimovning fikriça, yaqinda uçinçi muddatga saylangan Erdöğan Şvetsiya vositasida AQŞ va Yevropa Ittifoqi bilan savdolaşmoqda. Sönggi yangiliklarga köra, NATO Şvetsiya uçun tezlaştirilgan tartibda alyansga aʼzo böliş imkonini beradi. Buning uçun oxirgi tösiq Turkiya bölib turgan edi. Boisi, uşbu mamlakat terrorçi taşkilot sifatida röyxatga olgan guruhlar Şvetsiyadan panoh topgani daʼvo qilinardi. Şuningdek, Şvetsiyada Qurʼon va Turkiya bayroğining yoqilişi hamda Rajab Toyib Erdöğan şaxsining tahqirlanişi bilan boğliq bir qança çiqişlar uning NATOga aʼzo böliş jarayoni boşlanmasdan avval töxtab qolganiga sabab sifatida körilardi. Endilikda Turkiya Şvetsiyaning alyansga qöşilişi böyiça qarorni mamlakat parlamentiga kiritişi kutilmoqda. NATOning yana bir davlat hisobiga kengayişi eng köp Rossiya manfaatlariga zidligini hisobga olsak, “ikki stulda ötiriş” sanʼatini yuqori darajada özlaştirgan Erdöğan uni yaqin hamkori va dösti sifatida köruvçi Putin bilan qaltis siyosiy öyin boşlaganini köriş mumkin. Bu haqda Kamoliddin Rabbimov şunday deydi:
“Erdöğan şu haftaning içida Rossiya manfaatlariga qarşi bölgan uçta katta iş qildi. Birinçisi – Turkiyadagi “Azov” askarlarini Ukrainaga qaytardi. Kelişuvga köra, bu askarlar uruş tugagunça Turkiyada qolişi kerak edi. Ikkinçi – Ukrainaning NATOga kirişga “şak-şubhasiz, haqqi bor” deb, Kiyevni qölladi. Va nihoyat, Şvetsiyaga qarşi vetoni olib taşlab, NATOga kirişiga yöl oçdi”.
Darhaqiqat, Turkiya rahbari sönggi haftada Rossiyani “xafa qiluvçi” qarorlarni qabul qildi. Bu bilan u Turkiyada may oyida bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan oldin Ğarbda mavjud bölgan “u qayta saylansa nima böladi?”, degan şubhani yöqqa çiqardi, göyo. Çunki, Erdöğan uçinçi muddatga saylanişidan avval Ukraina uruşida heç qaçon biror tarafni oçiqçasiga qöllamadi. U bir tomondan Rossiyaga qarşi sanktsiyalarga qöşilmagan bölsa, boşqa tomondan Ukrainaga hariy qurollar, jumladan “Bayraktar” dronlari, gumanitar yordam yuklarini yuborişni ham davom ettirdi. Şuningdek, Rossiyaning yon qöşnisi Finlyandiyaning NATOga qöşilişiga qarşilik qilmadi.
Endi esa Şvetsiyaning NATOga qöşilişini qöllaş orqali kollektiv Ğarb bilan oldi-berdi qilmoqda. Bu qaror ortidan AQŞ Şvetsiyaning NATOga qöşiliş taşabbusi Turkiya tomonidan qölllanganini olqişlab, u uzoq vaqt davomida sörab kelgan F-16 qiruvçi samolyotlarini berişga rozi böliş arafasida turibdi. Şuningdek, Turkiyaning azaliy maqsadi – Yevropa Ittifoqiga kiriş masalasi ham ikki tomonning özaro “savdo”sida kötarilgan bölişi mumkin.
Rabbimov ham yaqin orada Ittifoq va Turkiya örtasida muzokaralar boşlanib qolişiga umid bildirmoqda.
“Hademay, Turkiya va Yevropa Ittifoqi örtasidagi muzokaralar ham boşlanib ketsa kerak. Erdöğan siyosatni “eng mahoratli savdolaşuv” deb köradi. Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirsa, turkiy davlatlar uçun ham manfaatli böladi deb öylayman”, deb yozgan u.
Maʼlumot uçun, Turkiya 1987 yildan buyon Yevropa Ittifoqiga aʼzo bölişga urinib keladi. Biroq, bu böyiça muzokaralar 2016 yilda töxtab qolgandi. Yevropa Ittifoqi Turkiyani qabul qilmasligiga inson huquqlarining buzilişi va qonun ustuvorligining pastligini sabab qilib körsatadi. Ammo, tahlilçilarning fikriça, Yevropa ittifoqi qariyb 90 millionga yaqin aholi istiqomat qiluvçi musulmon davlati bölgan Turkiyani Yevropa tsivilizatsiyasining bir qismi sifatida körmaydi, yoinki uni “Yevropa oialasi”ga qöşişdan hadiksiraydi.
Bu haqda öz vaqtida AQŞ Prezidenti Jimmi Karterning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi vazifasini bajargan Zbignev Bjezinskiy 1997 yilda naşrdan çiqqan “Buyuk şaxmat taxtasi” asarida şunday deydi:
“Barqarorlikni taʼminlaş, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligini mustahkamlaş uçun Qöşma Ştatlar Turkiyani “begonalaştirişdan” ehtiyot bölişi va AQŞ-Eron munosabatlarini yaxşilaş imkoniyatlarini örganişi kerak.
Özini Yevropadan çeklangan deb hisoblagan va qöşilişga intilayotgan Turkiya yanada islomiy davlatga aylanadi. NATOning kengayişiga qaramay, veto qöyişi ehtimoli köproq bölsa, dunyoviy Markaziy Osiyoni barqarorlaştiriş va jahon hamjamiyatiga integratsiya qiliş yölida Ğarb bilan hamkorlik qiliş ehtimoli kamroq.
Şunga qaramay, Amerika Yevropadagi taʼsiridan Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinişini vaqt ötişi bilan tarğib qiliş uçun foydalanişi va Turkiyaning içki siyosatida islomiy yönalişga keskin buriliş qilmaslik şarti bilan Turkiyaga Yevropa davlati sifatida qaraşga alohida eʼtibor beriş kerak.
Osiyo kelajagi böyiça Anqara bilan muntazam maslahatlaşuvlar mamlakatga AQŞ bilan strategik şeriklikni his qilişga yordam beradi. Amerika Turkiyaning Örta Yer dengizi sohilida Kaspiy dengizi havzasining energiya manbalariga asosiy kiriş bölib xizmat qiluvçi Bakudan Jayhungaça bölgan neft quvurini qurişga intilişlarini ham faol qöllab-quvvatlaşi kerak”.
Turkiya yetakçisining keyingi qadamlarini taxmin qiliş qiyin. Ammo Erdöğan tomonidan qabul qilinadigan qarorlar xalqaro siyosat, jumladan Markaziy Osiyo va turkiy dunyo uçun muhim bölişi tayin.









