Putin ayrim mahsulotlar eksport va importini çeklaş töğrisidagi farmonni imzoladi

Putin ayrim mahsulotlar eksport va importini çeklaş töğrisidagi farmonni imzoladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat xavfsizligini taʼminlaş böyiça taşqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi maxsus çora-tadbirlar töğrisidagi farmonni imzoladi.

Prezident Putin yil oxirigaça röyxati hukumat tomonidan belgilanadigan ayrim mahsulot va xomaşyoni respublikadan taşqariga olib çiqiş va olib kirişni taqiqlaş böyiça topşiriq berdi.

“Sanoat xavfsizligi va uzluksiz işlaşini taʼminlaş maqsadida... 2022 yil 31 dekabrga qadar quyidagi maxsus iqtisodiy çora-tadbirlar qöllanilişini taʼminlaşga qaror qilaman”, deyiladi hujjatda.

Farmonga köra, çeklovlar rossiyaliklar, xorijliklar yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriladigan yoki mamlakatdan olib çiqiladigan tovarlar va xomaşyolarga taʼsir qilmaydi.

Prezident, şuningdek, hukumatga ikki kun içida uşbu (röyxat ham hukumat tomonidan şakllantiriladi) tovarlarni olib çiqiş taqiqlanadigan xorijiy davlatlar röyxatini aniqlaşni topşirdi.

×