Xabaringiz bor, joriy yilning 1 mart kuni Parij sudi Frantsiyaning sobiq Prezidenti Nikolya Sarkozini korruptsiyada aybdor, deb topgandi. Bugun, 30 sentyabr kuni sud Nikolya Sarkozini 2012 yilgi saylov kampaniyasini moliyalaştirişda keragidan ortiq mablağ sarflagani uçun bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Frantsiyaning sobiq Prezidenti öz jazosini elektron kuzatuv ostida uyda ötaşi kerak böladi”, deydi sudya.
Aniqlanişiça, Sarkozi saylovoldi kampaniyasiga sarflanadigan mablağlarning qonuniy çegarasi qançaligini bilgan. Hattoki, xarajatlarning oşib ketişi mumkinligi haqida ogohlantirilgan bölişiga qaramay, u saylovoldi taşviqotni davom ettirgan.
Prokuratura Sarkozini olti oylik qamoq jazosiga hukm qilişni talab qildi. Bundan taşqari, yana olti oyga şartli qamoq jazosi va 3750 yevro miqdorida jarima pulini tölaşi kerakligini ham bildirdi.
Sobiq Prezident Sarkozi nima uçun qamaldi?
Dastlab tergovçilar Sarkozining 2007 va 2012 yillardagi saylovoldi kampaniyalarini moliyalaştiriş jarayonini örganib çiqdi. Tergovçilar Sarkozini keragidan ortiq mablağ sarflagan, deb hisoblab, “L'Oreal”ning egasi milliarder Lilian Betankurdan va Liviya rahbari Muammar Qazzofiydan noqonuniy xayriya mablağlarini olganlikda gumon qildi. Ammo, keyinçalik Sarkoziga boşqa ayblovlar qöyildi – bu safar korruptsiya va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qiliş.
Tergovçilarning fikriga köra, Sarkozi bölajak Frantsiya Prezidenti sifatida Betankur xayriya işi böyiça tergovga taʼsir ötkazişga harakat qilgan va sudya Jilber Aziberga tergov jarayoni töğrisida maʼlumot oliş evaziga mansabda kötariliş va Monakoda “şinam joy” taklif qilgan.
Ayblov Sarkozi va uning advokati Teri Ertsog örtasidagi telefon suhbatlarining yozuvlari asosida amalga oşirilgan. Buning uçun advokat Teri Ertsog ham sobiq Prezident bilan sud qilingan.
Maʼlumot örnida, Nikolya Sarkozi – Frantsiyani 2007-2012 yillarda boşqargan mamlakatning 23-Prezidenti. Sarkozi Prezident bölgunça turli xil vazirliklarda faoliyat olib borgan.









