Koreya Respublikasining sobiq Prezidenti Çon Du Xvan 90 yoşida vafot etdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Xabarga köra, Çon Du Xvan bugun, 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 08:40 (Toşkent vaqti bilan 04:40) da Seuldagi uyida vafot etgan. Agentlikning qayd etişiça, sobiq Prezident surunkali kasalliklardan aziyat çekkan.
Maʼlumot örnida, Çon Du Xvan 1979 yilda harbiy töntariş natijasida hokimiyatga kelgan va 1988 yilgaça mamlakatni boşqargan. 1996 yilda u sud tomonidan ölimga hukm qilingan, ammo keyin hukm umrbod qamoq jazosiga özgartirilgan. Oradan biroz vaqt ötgaç, öşa paytdagi Prezident Kim De Çjun uni afv etgan.









