Özbekiston Prezidenti Qozoğistonning Birinçi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Özbekiston Prezidenti Qozoğistonning Birinçi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozoğistonning Birinçi Prezidenti - Elboşini tuğilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda qardoş Qozoğiston xalqi farovonligi yölidagi tinimsiz faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Nursulton Abişeviç Nazarboyevning Qozoğiston davlatçiligini barpo etişda, mamlakat tarixining eng murakkab davrida uning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlaşdagi muhim roli qayd etildi.

Elboşi rahbarligida Qozoğistonda tinçlik va totuvlik taʼminlangani, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda katta yutuqlarga erişilgani, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi salmoqli darajada yuksalgani alohida taʼkidlandi.

Suhbat çoğida Şavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarga doir, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.

Oliy darajada erişilgan, avvalo savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika sohalarida, boşqa ustuvor yönalişlardagi kelişuvlarni töliq amalga oşirişga muhim eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş borasidagi intilişi qatʼiy ekanini tasdiqladilar

×