Ijtimoiy tarmoqlarda özini Buxoro şahri prokurori Jasur Fozilov deya taniştirgan şaxsga tegişli video murojaat tarqaldi.
Murojaatda prokuror unga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani va qanday qonunbuzilişlar aniqlansa, bunga javob berişini aytib, respublika boş prokurori va uning uç nafar xodimiga aloqador jinoyatlar hamda boşqa maʼlumotlarni foş etmoqçiligini maʼlum qilgan.
Köp ötmay, holat yuzasidan Boş prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura tomonidan Buxoro şahridagi tadbirkorning Buxoro şahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekşirilmoqda.
Muallif arizasida şahar prokurori J.Fozilovning tazyiqi bilan Buxoro şahrida qurgan yirik savdo majmuasidan 1 metr kvadratining haqiqiy narxi 20 mln. söm bölgan savdo dökonini unga 5 mln. sömdan sotganligini, oradan bir yil ötib, yaʼni 2020 yil oktyabr oyida şu narxdan yana bitta dökonni sotişini talab qilganligini, rad javobini berganligi uçun J.Fozilov uni tergovga çaqirib, javobgar qiliş bilan qörqitayotganligini bildirgan.
Uşbu holat böyiça J.Fozilovga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanib, tekşiruvning xolisona va adolatli ötkazilişini taʼminlaş, iş holatlariga töliq oydinlik kiritiş, har qanday aralaşuv va taʼsirlarning oldini oliş maqsadida u 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarişdan vaqtinça ozod qilingan.
«Tekşiriş davomida arizada keltirilgan barça vajlar, şu jumladan J.Fozilovning 2020 yil 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga töliq va haqqoniy baho beriladi.
Şu bilan birga, Boş prokuratura murojaat va bayonotda bildirilgan barça masalalar böyiça şaffof va oşkora örganiş ötkazilişini, bunda jamoatçilik nazoratini taʼminlaş uçun doimiy hamkorlikka tayyorligini maʼlum qiladi.
Tekşiriş natijasi böyiça qöşimça ravişda maʼlumot beriladi», deyiladi bayonotda.









