Mirziyoyev Xavfsizlik kengaşlari kotiblariga murojaat yölladi

Mirziyoyev Xavfsizlik kengaşlari kotiblariga murojaat yölladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotiga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining ikkinçi yiğilişi iştirokçilariga murojaat yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Murojaatda sönggi yilda Turkiy davlatlar taşkilotida Özbekiston raisligida muhim ahamiyatga molik va keng qamrovli işlar amalga oşirilgani, özaro hamkorlik yanada kengaygani qayd etilgan.

Jumladan, Özbekiston raisligida mamlakatlar iqtisodiyot, savdo, soğliqni saqlaş, taʼlim, kosmos, energetika vazirliklari va idoralari hamda maxsus xizmatlari rahbarlarining qator muhim uçraşuvlari ötkazilgan.

Turkiy dunyoning ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qöşgan atoqli şaxslarni taqdirlaş uçun taʼsis etilgan Alişer Navoiy nomidagi mukofot birinçi marta topşirildi. Özbekiston Xalqaro turkiy madaniyat taşkilotiga tölaqonli aʼzo böldi, TURKSOY taşkil etilganining öttiz yilligi tantanali ravişda nişonlandi. 

“Bugungi anjuman Taşkilot kun tartibidagi öta muhim voqealardan biridir, çunki vakolatli idoralarning xavfsizlikka qarşi zamonaviy tahdidlarni bartaraf qiliş va mamlakatlarimizni barqaror taraqqiy ettiriş yöllarini izlaş böyiça hamkorlikdagi işlari alohida ahamiyat kasb etib bormoqda”, deydi Prezident murojaatida.

Bildirilişiça, bunday formatdagi uçraşuv xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiş hamda bugungi notinç dunyodagi umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi birgalikda javoblar işlab çiqiş uçun samarali maydon bölib xizmat qiladi.

“Ötgan yili Anqara şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkilotiga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining birinçi yiğilişida erişilgan samarali natijalarni yuqori baholaymiz. Işonçim komilki, turkiy tilli mamlakatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblari darajasidagi köp tomonlama hamkorlik mexanizmi Turkiy davlatlar taşkiloti makonida xavfsizlik sohasidagi muloqotni mutlaqo yangi darajaga olib çiqadi”, deyilgan murojaatda.

Uşbu yiğiliş xalqaro miqyosda murakkab vaziyat hukm surayotgan bir şaroitda bölib ötmoqda. Bugungi kunda jahon prognoz qiliş qiyin bölgan va hatto oldindan aytib bölmaydigan oqibatlarni keltirib çiqaradigan fundamental özgarişlarni boşidan keçirmoqda.

Xalqaro maydonda özaro işonç va bir-birini tuşuniş inqirozi keskin sezilmoqda. Global va mintaqaviy xavfsizlikka qarşi tahdidlar kuçaymoqda va yangi xavf-xatarlar vujudga kelmoqda.

Şu munosabat bilan sizlar rahbarlik qilayotgan tuzilma va idoralarga alohida masʼuliyat yuklatilmoqda.

“Sizlar iştirok etayotgan yiğiliş kun tartibi juda sermazmun, birgalikda qarorlar qabul qilişni hamda özaro hamjihatlikda faoliyat yuritişni talab etadigan muhim masalalar sizlarning eʼtiboringizga havola qilinmoqda.
Bugun sizlar terrorizm, ekstremizm va yoşlarning radikallaşuvi, kiberjinoyatçilik, narkotik vositalarning tarqalişi, transçegaraviy jinoiy guruhlar faoliyatiga qarşi kuraşişda kuçlarni birlaştiriş hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qiliş bilan boğliq bölgan keng kölamdagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almaşasiz.
Uşbu anjuman mamlakatlarimiz va mintaqadagi xavfsizlikka nisbatan tahdidlarni bartaraf etişda özaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlar samaradorligini oşiriş imkonini beradigan sermahsul fikr almaşuvlar hamda yangi taklif va taşabbuslarga boy bölişini tilayman”, degan Mirziyoyev murojaat yakunida.


Teglar:
×