Frantsiya Rossiyaga tegişli aytilayotgan tankerni qöyib yubormoqçi

Frantsiya Rossiyaga tegişli aytilayotgan tankerni qöyib yubormoqçi

Frantsiya rasmiylari qölga olingan Rossiyaning “soya floti”ga mansub Grinch nomli neft tankerini milliy qonunçilik talablari va çeklovlari sababli qöyib yuborişga majbur. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy keça, 30 yanvar kuni jurnalistlar bilan uçraşuvda söz oçdi.

Zelenskiyning aytişiça, bu masala böyiça u bir kun avval Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qilgan. 

Makron Zelenskiyga Frantsiya qonunçiligi hozirça bunday tankerlarni uzoq muddat uşlab turişga imkon bermasligini aytgan. Şu bilan birga, Frantsiya Prezidenti kelajakda bunday holatlarda tankerlarni qöyib yubormaslik uçun mamlakat qonunçiligiga özgartirişlar kiritiş taşabbusi bilan çiqmoqçi ekanini bildirgan.

Şu orada Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova tanker Rossiya bilan boğliq emasligini maʼlum qilgan. Uning sözlariga köra, Frantsiya harbiy-dengiz kuçlari tomonidan uşlangan tankerning ekipaji Hindiston fuqarolaridan iborat. Yuk kimga tegişli ekani va uning egasi kimligi esa nomaʼlum. Zaxarovaning taʼkidlaşiça, şu sababli uşbu kemaning Rossiya bilan bevosita aloqasi yöq.

Qayd etiş joiz, Grinch neft tankeri 22 yanvar kuni Örta yer dengizida qölga olingan. Şundan söng Emmanuel Makron Frantsiya uşbu operatsiyada Buyuk Britaniya kabi bir qator ittifoqçilar tomonidan qöllab-quvvatlanganini aytgan. Uning sözlariga köra, tanker xalqaro sanktsiyalar ostida bölgan va soxta bayroq ostida harakatlangan bölişi mumkin.

Olti kun ötib, Marsel prokuraturasi tanker Rossiyaning “soya floti” bilan boğliq bölişi mumkinligi gumoni bilan unga nisbatan maʼmuriy hibs qöllanganini eʼlon qildi. Tanker kapitani 58 yoşli Hindiston fuqarosi hibsga olingan, biroq keyinroq ozod qilinib, kemaga qaytgan.Frantsiyaning BFMTV telekanali maʼlumotiga köra, Grinch Murmanskdan yölga çiqqan va Komor orollari bayroği ostida, yaʼni soxta bayroq bilan harakatlangan. Uşlanganidan söng tanker Marsel–Fos portiga yönaltirilgan.


Teglar:
×