Mutlaq janglar böyiça ikki vazn toifasida sobiq çempion, Aralaş yakkakuraşlar (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgregor yarim örta vaznga qaytmoqçi. Bu haqda Makgregor özining Twitter'dagi sahifasida aytib ötgan.
Makgregorning kelajakdagi rejalari orasida yana yarim örta vaznga qaytiş bor. Ammo 2021 yilda u yengil vazn toifasida jang ötkazişni xohlaydi.
"Bu yerda ajoyib bahslar va tugallanmagan işlar bor. Men kim ekanligimni yana dunyoga namoyiş qilaman. Bunga işoning!", deb yozgan irlandiyalik.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 dekabrida Makgregor-Pore jangi ötkaziladi.
Ular örtasidagi ilk jang 2014 yilning 27 sentyabrida bölib ötgan. Irlandiyalik nokaut evaziga raqibini mağlubiyatga uçratgan.









