AQŞ Rossiyaga aloqador taşkilot va jismoniy şaxslarga çeklovlar joriy qildi

AQŞ Rossiyaga aloqador taşkilot va jismoniy şaxslarga çeklovlar joriy qildi

Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli AQŞ Savdo vazirligi Rossiya Federatsiyasi bilan aloqador 91 ta taşkilot va jismoniy şaxslar uçun eksport nazoratini kuçaytiriş tartibini joriy qilmoqda. Bu haqda keça, 3 mart kuni keçqurun Federal reyestrning elektron maʼlumotlar bazasi – AQŞ hukumati hujjatlari töplamida xabar berildi. 

“AQŞ hukumati uşbu tuzilmalarning faoliyati AQÇ taşqi siyosati va milliy xavfsizligi manfaatlariga zid, deb hisoblaydi. [Ular] Rossiya xavfsizlik xizmatlari, harbiy va mudofaa sektorlari, harbiy va mudofaa tadqiqotlari va işlanmalarida iştirok etgan, hissa qöşgan yoki boşqa yöl bilan qöllab-quvvatlagan”, deyiladi hujjatda. 

Unda aytilişiça, jami 91 ta nom eksport nazorati kuçaytirilganlar röyxatiga kiritilgan. Ularning aksariyati – 81 tasi Rossiya Federatsiyasida röyxatdan ötgan yoki joylaşgan. Taqiqqa uçragan taşkilotlarning baʼzilari boşqa mamlakatlarda vakolatxonalariga ega yoki Rossiya Federatsiyasidan taşqarida röyxatdan ötgan: Beliz, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Qozoğiston, Latviya, Malta, Singapur, Slovakiya va Estoniyada.

“Uşbu reglament bir qator ittifoqdoş mamlakatlardagi, jumladan, Yevropa Ittifoqi va NATO aʼzolaridagi subʼektlarni öz içiga oladi, lekin bu taşkilotlar joylaşgan yoki röyxatdan ötgan mamlakatlarga nisbatan çora emas. Uşbu qaror faqat röyxatga olingan şaxslarga nisbatan qöllaniladi”, deydi AQŞ rasmiylari. 

Sanktsiyalarga uçragan 86 ta yuridik va jismoniy şaxslarga eksport litsenziyasini berişdan boş tortiş siyosati qöllaniladi. Yana beşta subʼektga nisbatan – Rossiya kosmik tizimlari xolding kompaniyasi, “Elara”, “Element”, “Radioavtomatika” kompaniyalari va "Submikron" ilmiy-tadqiqot instituti – eksport litsenziyasini berişni rad etiş siyosati qöllaniladi, ammo, "AQŞ hukumati tomonidan qöllab-quvvatlanadigan kosmik dasturlar" ga murojaat qilganda, istisnolar bölişi mumkin.

×