DXX davlat çegarasiga yaqin hududda yaşirin yer osti yöllari qazilgani hamda unga aloqador şaxslarni foş qildi

DXX davlat çegarasiga yaqin hududda yaşirin yer osti yöllari qazilgani hamda unga aloqador şaxslarni foş qildi

Tezkor tadbir davomida Andijon viloyati Qörğontepa tumanining Qorasuv şahridagi Z.M.Bobur MFYda yaşovçi, 1990 y.t. guruh aʼzosining yaşaş manzili közdan keçirilganda, uning hovlisida eni 1m2, çuqurligi 12-12,5 metr va uzunligi 150 metr bölgan, Qirğiziston Respublikasiga noqonuniy ötiş uçun maxsus qazilgan yer osti yöli borligi maʼlum bölgan.

Bundan taşqari, mazkur tumanning Birlik MFYda joylaşgan, guruh aʼzolaridan yana biriga tegişli xonadon hovlisida esa eni 1m2, çuqurligi 10-12 metr, uzunligi 400-420 metr atrofidagi ikkinçi yer osti yöli borligi aniqlangan edi. Uşbu yer osti yöliga qölbola pölat izlarda harakatlanuvçi kiçik hajmli, elektrodvigatelli aravaça örnatilgan.

Taʼkidlaş lozimki, 2 nafar Özbekiston Respublikasi va 6 nafar Qirğiziston Respublikasi fuqarolaridan iborat uyuşgan jinoiy guruhga 1974 yilda Qirğiziston Respublikasida tuğilgan şaxs yetakçilik qilgan.

×