Ertaga, 15 yanvardan eʼtiboran, Özbekiston hududiga kirib kelayotgan fuqarolar (yöl harakati bundan mustasno) kirişidan kamida 48 soat oldin PZR usulida ötkazilgan koronavirus infeksiyasi mavjudligiga salbiy test natijasini taqdim etişlari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi hududiga kirişda koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlaş uçun ekspress antigen testi tekşiruvidan ötişlari şart. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.
Şu bilan birga, Qirğiziston Respublikasi hududidan çegara avtomobil nazorat punktlari orqali kirib kelayotgan fuqarolar kirişidan kamida 48 soat oldin ötkazilgan koronavirus infektsiyasi mavjud emasligi haqidagi salbiy PZR test natijasini taqdim etişlari kerak. Boşqa çegaradoş davlatlar hududidan kirib kelayotgan fuqarolar koronavirus infektsiyasi mavjudligini aniqlaş uçun ekspress antigen testini topşirişlari şart.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari, şuningdek, Qirğiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi fuqarolari Söx, Şoximardon, Çunğara, Toştepa, Bunyodkor hududlariga kiriş va çiqiş, şuningdek tranzit yölda kelayotgan, Özbekiston Respublikasining Jömi va Qardoşlik aholi punktlarida koronavirus infektsiyasi böyiça barça turdagi testlardan ötiş talab etilmaydi.
Eslatib ötamiz, ertaga, 15 yanvardan boşlab Özbekiston va Qozoğiston Respublikasi fuqarolarining Özbekiston Respublikasining Qozoğiston Respublikasi bilan Davlat çegarasini kesib ötişi vaqtinça töxtatiladi.









