Namangan tumanida 23 yoşli ayol özi va xonadoşining çaqaloğini tuğruqxonaning ikkinçi qavati derasidan pastga uloqtirgani, oqibatda çaqaloqlar halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi muxbiri uşbu tuğruqxonada bölib, voqea aslida qanday bölganiga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda «Daryo» naşri.
Qayd etilişiça, har ikkala çaqaloq ham kesarça kesiş orqali dunyoga keltirilgan bölib, ular intensiv xonada parvarişlanayotgan edi.
Tuğruqxonaning oliy toifali neonatologi Muhabbat Egamovaning aytişiça, çaqaloqda közga taşlanarli oyoq nuqsoni bölmagan.
«Çaqaloğimiz tuğilgan vaqtda tizza çanoq son böğimi kontrakturasi deb qayd qilingan. Çaqaloqni travmatolog körgan, uni stabil holatga keltirib, muolajalar olayotgan edi. Onasiga bolang şunaqa tuğilgan, deb aytilmagan», — deydi Muhabbat Egamova.
9 sentyabr kuni navbatçilik qilayotgan Muhabbat Egamova tuğruqlar köpligi sababli birinçi qavatdagi akuşerlik bölimida bölgan. Tonggi çamasi 04:30 larda taşqaridan çaqaloq ovozi kelayotganini eşitib, yordamga şoşadi.
«Zudlik bilan tuğruq zalini tark etib, özimni taşqariga otdim. Tuğruqxonani orqa tomonida yerda yotgan ikki çaqaloqni kördim. Ularni olib, tuğuruqxonaning intensive yordam körsatiş bölimiga olib borib, birlamçi reanimatsiya muolajalarini ötkazdik», — deydi Muhabbat Egamova.
Muolajalar ötkazilişiga qaramay onaning farzandi tonggi soat 04:40 larda, ikkinçi çaqaloq esa 10:40 larda vafot etadi.
«Ikkalasi bir vaqtda farzandlarini dunyoga keltirdi, yonma-yon yotdi. U kelinçak men körganimda yaxşi edi. Uç kun yotganidan keyin boşqa xonaga ötdi. Öşa kuni çaqaloq oğirlaşib qoldi, deb bizni çaqirişdi. Borsak, bola sarğayib ketgan. Şifokorlar dastlab çaqaloqni taşlab yuborilganini aytişmadi. Bizga buni virus deb aytişdi», — deydi halok bölgan ikkinçi çaqaloqning buvisi.
Holat böyiça tezkor suriştiruv işlari olib borilmoqda.









