Sirdaryoda öz bolalarini daryoga taşlamoqçi bölgan ayol voqeasiga izoh berildi

Sirdaryoda öz bolalarini daryoga taşlamoqçi bölgan ayol voqeasiga izoh berildi

Sirdaryoda öz bolalarini daryoga taşlamoqçi bölgan ayol voqeasiga izoh berildi.

Voqea Sirdaryo viloyati Şirin şahar Içki işlar bölimi hamda "Farhod" mahalla fuqarolar yiğini xodimlari tomonidan örganilganda quyidagilar aniqlangan:

Videotasvirda keltirilgan ona A. R. va uning farzandlari Toşkent viloyati Bekobod tumani "Turkman" MFY da doimiy yaşab keladi. Videodagi holat 2020 yil 15 dekabr kuni sodir bölgan. Örganişlar natijasida, ona öz turmuş örtoği E. Ş. dan boşqa bir ayol bilan baʼzi-baʼzida telefon orqali sözlaşayotganligini bilib uni raşk qiladi va aççiq ustida Toşkent viloyati Bekobod tumanidan Sirdaryo viloyati Şirin şahar "Farhod" MFY ga ötadigan "Döstlik" kanali köprigining Bekobod tumani qismidan öz farzandlarini kanalga taşlamoqçi bölgan vaqtida Şirin şahar Ekologiya va atrofni muhofaza qiliş bölimi xodimlari tomonidan töxtatib qolinadi va kanalning ikkinçi qismi - Şirin şahar "Farhod" MFY hududiga olib ötilgan.

Şirin şahar IIB hamda "Farhod" MFY xodimlarining suriştiruvlari natijasida aniqlanişiça, 1985 yilda Toşkent viloyati Bekobod tumanida tuğilgan ayol (ona) A. R va uning turmuş örtoği E. Ş. lar örtasida raşk tufayli heç qanday oilaviy mojarolar va janjallar bölmagan.

Şirin şahar hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga köra, bölib ötgan mazkur voqea Toşkent viloyati Bekobod tumani hududida bölganligi hamda voqea iştirokçilari ham Bekobod tumanida doimiy yaşab kelayotganligi sababli bugungi kunda uşbu holat yuzasidan Toşkent viloyati Bekobod tumani IIB hamda "Turkman" MFY xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×