Joriy yilning 22 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi Içki işlar xodimlari haydovçiga INNOVATSION usulda maska taqtirişmoqçi bölişibdi, usul juda ajoyib” izohi bilan videotasvir tarqaldi. Uşbu holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabati.
Joriy yil 7 oktyabr kuni soat 15-35larda Uçqörğon tuman “Istiqlol” MFY “Qayqi” köçasida profilaktika inspektorlari A.Örinov va S.Dexqanovlar hududni nazorat qilib yurganida, 3 nafar fuqarolar tibbiy niqobsiz gaplaşib turganligini körib, xodimlar ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirmoqçi bölişganida fuqarolardan biri qoçib, özining “Neksiya-2” rusumli avtomaşinasiga borib, avtomaşinani yurgizmoqçi bölgan. Şunda profilaktika inspektori A.Örinov “Neksiya-2” transport vositasi yoniga borib, uşbu fuqaroni avtomaşinani yurgizmasdan undan tuşişini söragan. Biroq, fuqaro inspektorning qonuniy talabiga böysunmagan. Inspektorlar tomonidan uning ism-şarifi söralganda avtomaşinadagi fuqaro “Nima sababdan şaxsimni aytişim kerak, men özimni avtomaşinamda ötiribman” deya ogohlantiriş va tuşuntirişlarga qaramay böysuniş örniga “Sen xohlasam men bilan birga yotasan deb aytding” ayblovi bilan xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarga tuhmat qilgan. Profilaktika inspektorlari uşbu fuqaroga xizmat xonasiga borişni aytganida qarşilik qilgani, şaxsini taniştirmaganligi, qonuniy talabga böysunmagani va karantin tartiblarini buzgani uçun Öz.Res.MJtKning 40-moddasi, 54-moddasi 1-qismi hamda 194-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy xujjatlar rasmiylaştirilib, Maʼmuriy işlar böyiça Uçqörğon tuman sudiga taqdim etilgan.
Şu örinda hamyurtlarimizga murojaat qilmoqçimiz, ayrim blogerlarning asossiz, heç qanday suriştiruv va aniq faktlarga tayanmagan holda tarqatgan materiallaridan xulosa çiqarişga şoşilmay, tanganing ikkinçi tomoni bilan ham qiziqib köring!
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









