Tadbirkor tomonidan yölda radar örnatilgani aytilgan video tarqaldi holat yuzasidan transport vazirligi izoh berdi

Tadbirkor tomonidan yölda radar örnatilgani aytilgan video tarqaldi holat yuzasidan transport vazirligi izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor tomonidan yölda radar örnatilgani aytilgan video tarqaldi.

«Mana, Özbekistonda innovatsion tadbirkorlar qanday işlaydi? Endi kameralar hamma joyda. Yaxşisi yöl harakati qoidalarini buzmaslik kerak», deyiladi şunday videolardan biriga yozilgan izohda.

Özbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov bu kabi videodagi maʼlumotlar haqiqatga töğri kelmasligini maʼlum qildi.

Uning aytişiça, bu qoidabuzarliklarni aniqlaş emas, balki yölovçilar oqimini aniqlaşga qaratilgan tadqiqotdir.

«Bugungi kunda Samarqand şahri va uning atrofida transport va yölovçilar oqimini örganiş böyiça tadqiqot işlari olib borilmoqda. Bu işlarga Toşkent davlat transport universiteti hamda Jizzax politexnika instituti doktorant va magistrantlari jalb etilgan.

Ular öz tadqiqot işlari davomida turli texnik uskunalar foto-video kameralar va planşetlardan foydalanişmoqda. Uşbu jarayonlardan bexabar bölgan ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari esa vaziyatni notöğri talqin qilib, haqiqatdan yiroq bölgan yolğon axborotlarni tarqatişmoqda.

Tadqiqot işlari davomida avtomobil haydovçilari va piyodalarning yöl harakati qoidalarini buziş bilan boğliq vaziyatlar tasvirga olinmayotganini alohida taʼkidlab ötmoqçimiz.

Foto-video kameralar va planşetlar yordamida yozib olingan maʼlumotlardan faqatgina master reja tadqiqotlari doirasida foydalaniladi.

Olib borilayotgan tadqiqot işlarining maqsadi Samarqand şahri transport tizimini istiqbolli rivojlantiriş master rejasini işlab çiqişdan iboratdir.  

Tadqiqot jarayonlarini olib borayotgan mutaxassislarning faoliyati yuzasidan savollar tuğilgan taqdirda Samarqand viloyati transport boşqarmasiga murojaat etişingiz mumkin», – dedi Navröz Aşurmatov.

×