Polşa aeroportida Özbekiston fuqarolari orasida samolyotga çiqiş uçun janjal yuzaga kelmoqda. Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljonov bu holatga izoh berdi.
«Karçova» nazorat-ötkaziş punkti rahbariyati qoçoqlar, jumladan boşqa davlatlar fuqarolari soni köpayganligi sababli töplaniş nuqtasini bosqiçma-bosqiç böşatişni söramoqda. Bu sörovlarni inobatga olib, kuniga 3 marotabagaça taşkil etilayotgan maxsus reyslarni öz vaqtida töldiriş uçun Özbekiston fuqarolari muntazam ravişda avtobuslarda Katovitse aeroportiga (360 km) olib borilmoqda. Şu sababdan hamda uşbu aeroportdan boşqa davlatlar fuqarolari ham foydalanayotgani natijasida odamlarning töplanişi kuzatilmoqda.
Elçixona iltimosiga binoan şahar maʼmuriyati Katovitse aeroporti binosiga tartibli ötiş va yölovçilarni röyxatga olişni taşkil qildi. Tartibni politsiya nazorat qilmoqda.
Biroq, subʼektiv omil ham mavjud. Har bir inson birinçi bölib uçib ketişni xohlayotganligi tufayli tartibsizliklar kuzatilmoqda.
Şu bilan birga, mamlakatimizning Polşadagi Elçixonasi iltimosiga binoan faqat Özbekiston fuqarolari uçun aeroportda issiq ovqat taşkil etilgan", dedi u.









