Nega Özbekistonda koronavirus infektsiyasi aholi orasida köpaymoqda?

Nega Özbekistonda koronavirus infektsiyasi aholi orasida köpaymoqda?

Özbekistonda sönggi kunlarda koronavirusga çaliniş holati, xususan aholi orasida virus yuqtirib olganlar köpaydi. Bu taşvişli holat, albatta. Höş, nega koronavirus infektsiyasi aholi orasida köpaymoqda?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boşliği, Respublika boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mazkur savolga javob berib ötdi.

“Karantin çoralari yumşatilganidan söng köpçilik karantin qoidalariga rioya qilmay qöydi. Niqoblarni haftalab almaştirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qöyişdi.

Keng aholi qatlami bilan muloqot boşlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boşlandi”, deydi Otabekov.

Nurmat Otabekov mamlakatda karantin çoralari bekor qilinmaganini, kasalliklar ortib borsa, çeklovlar qayta kuçaytirilişini maʼlum qildi.

“Krantin tadbirlari bekor qilingani yöq!

Aholi orasida kasallaniş surʼati şu tarzda oşib borsa karantin tadbirlari yana-da kuçaytirilişi mumkin”, deydi Otabekov.

Boş davlat sanitariya inspektorining sözlariga köra, koronavirus infektsiyasi asosan 80 foiz holatda yengil keçadi, 15 foiz holatda örta oğirlikda va faqat 3-5 foiz holatda oğir, yaʼni nafas yetişmovçiligi bilan keçadi.

“Kasallikga çalinganlarni erta aniqlaş işlarining yölga qöyilganligi kasallik keçişida ijobiy natijalarga erişiş imkonini beryapti.

Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali köplab örganiladi. Şuning uçun aniq biror töxtamga kelişga hali erta”, deydi Otabekov.

Eslatib ötamiz, Özbekistonga koronavirus infektsiyasini kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Özbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirilgan edi.

Ammo karantin çeklovlari biroz yumşatildi. Xususan, “yaşil” hududlarda belgilangan tartibda töy va oilaviy marosimlar ötkazişga hamda viloyatlararo harakatlanuvçi avtobuslar qatnoviga ruxsat berildi. 5 iyundan Özbekistonda futbol musobaqalarini davom ettiriş belgilandi. Şu bilan birga barça hududlar uçun birdek öz kuçida qoladigan çeklovlar ham eʼlon qilindi.

×