Keça, 3 dekabr kuni Moskvada Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari örtasida janjal sodir böldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Gap şundaki, Maşkova köçasida bir guruhga biriktirilgan qirğizistonlik muhojirlar köp qavatli uy hovlisidagi qorni kurayotgan bölgan. Xuddi şu vaqtda Özbekiston fuqarolari uy tomini qordan tozalayotgan bölgan. Janjal özbekistonliklar qirğizistonliklar tozalagan joyga qor taşlaşidan kelib çiqqan.
Mojaro natijasida politsiya 11 kişini hibsga olgan.
“Keça kommunal xöjalik xodimlari örtasidagi muştlaşuv natijasida 11 kişi qölga olindi: 7 nafari Qirğiziston va 4 nafari Özbekiston fuqarosi. Janjal paytida uç kişi jarohatlangan. Ular mayda bezorilik uçun protokollar tuzildi. Tergovdan oldingi tekşiruv boşlandi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, kommunal xöjalik xodimlari janjali böyiça prokuratura ham tekşiruv boşlagani aytilgan.









