Qöşnisi bilan kabutar ustida yuzaga kelgan janjal alami jinoyat qilişga yetakladi.
2022 yil 6 fevraldan 7 fevralga ötar keçasi soat 02:58 da nomaʼlum şaxs Buxoro viloyati, Ğijduvon tumani «A.Doniş» köçasidagi 78-uy oldida turgan 37 yoşli B.F.ga tegişli «Lacetti» rusumli avtomaşinasiga tez yonuvçan yoqilği sepib, avtomaşinani yoqib yuborib, hodisa bölgan joyidan yaşiringanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Ğijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan nomaʼlum şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 173-modasi 2-qismi «b» bandi (Mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni Ğijduvon tumanida yaşovçi 33 yoşli R.A. va 45 yoşli Ya.A.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Tergov davomida, jinoyatning kelib çiqiş sababi örganilganda, R.A. bir köçada yaşovçi jabrlanuvçi B.F. bilan bir neça kun oldin özaro kabutar ustida janjallaşganligi, şundan söng şu kuni tanişi Ya.A. bilan birga spirtli içimlik isteʼmol qilgan holda tungi soat 2:50 larda 42.000 söm evaziga 5 litr hajmdagi yelim idişga benzin yoqilğisi sotib olib, B.F.ning uyi oldida turgan avtomaşina ustiga yoqilği sepib yoqib yuborganligi maʼlum bölgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.









